TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

  • Home
  • TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 16 fevral kuni O‘zbekistonda yoshlarga oid Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturining bajarilishi yuzasidan TATUda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan "YIL SARHISOBI” deb nomlangan tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz, barcha ezgu niyatlarimiz markazida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom qilib o‘stirish, ularni baxtu-saodati,  farovon kelajagini ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi, deb ta’kidlaganlar. Bugun bu masala davlatimiz siyosatini ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Yurtboshimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida uzoqni ko‘ra bilib, ilgari surilgan va amaliyotga samarali tadbiq etilgan yangi g‘oyalar, muhim takliflar va ilg‘or tashabbuslarni ahamiyati beqiyos. Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar amalda o‘z natijalarini namoyon qilmoqda. Yosh sportchilarimizni olimpiada o‘yinlarida jahon va osiyo bellashuvlarida yuksak shoxsupalarga ko‘tarilayotganligini, xalqaro fan olimpiadalari, musiqa va san’at bo‘yicha o‘tkazilayotgan nufuzli halqaro tanlovlarda mamlakatimiz yoshlari yuqori o‘rinlarni egallayotganligi bugun barchamizni quvontiradi. Bugun barkamol avlodni ma’naviy kamol toptirish, mustaqil fikrlaydigan, o‘zini qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularni huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash kabi qator yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatib kelmoqda. Albatta, bu kabi ishlarni samarali olib borishda ko‘p sonli jonkuyar va fidoiy yoshlarimizning o‘rni beqiyos. 
Albatta mamlakatimizda yoshlarga oid Davlat siyosatini izchil amalga oshirish borasida bir qator ijobiy natijalarga erishilgan. Jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etiladigan MIT.UZ internet tanlovi, Bestsoft tanlovi, Yangi innellekt tanlovi, Startup mix tanlovi, "Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi” va "Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” tanlovlari, «Yangi g‘oya. Investitsiya. Innovatsiya» tanlovi, "Amaliy loyihalar” tanlovi, "SAMSUNG-KOICA” kompaniyalari hamkorligida  dasturlash bo‘yicha tanlov, "Eng yaxshi mobil ilovalar” tanlovi, "Chet tilini o‘rganish uchun yaratilgan ilova va ishlanmalar tanlovi”, "Milliy qadriyatlar aks ettirilgan eng yaxshi veb sayt va dasturiy ishlanmalar tanlovi”, "Atrof muhit va biz” innovatsion loyiha va ishlanmalar tanlovi, "Talabalarning biznes g‘oyalari va Startup loyihalari tanlovi” kabi o‘nlab yorqin tadbirlar, yuzlab yoshlarimiz qalbiga qanot bo‘lmoqda. 
Bugungi kunda TATU va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. 2015 yil davomida TATUning 5 nafar talabasi Beruniy nomli davlat stipendiyasini, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyalari bilan taqdirlaganligi, 44 nafar talaba turli respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganligi, universitet va respublika miqiyosida o‘tkazilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmalariga TATU talabalarining 80 dan ortiq ishlanmalarini taqdim etilganligi katta  ahamiyatga egadir. 
Tadbir davomida 2015 yilda ahamiyatli yutuqlarni qo‘lga kiritgan  25 nafar talaba hamda 10 nafar yosh o‘qituvchilarga Faxriy yorliq va tashakkurnomalar topshirildi. Taqdirlashda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Botir Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Ibroxim Djo‘raev, TATU rektori O‘tkir Xamdamov hamda prorektorlar: Xurshid Bobomurodov hamda Xayrulla Umarovlar ishtirok etdilar.   
 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi


TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi


TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

  

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi 


TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi

 

TATUda “Yil sarhisobi” taqdirlash marosimi