TATUda “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi

  • Home
  • TATUda “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida navbatdagi tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda TATU rektori S.Babaxodjayev, Oʻzbekiston Davlat Drama teatri aktrisasi Madina Toʻxtayeva, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, boʻlim boshligʻi, shoira Farog‘at Xudaykulova, elimiz suygan boshqa sanʼat namoyondalari, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad — aholini yurtimizda va dunyoda boʻlayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni talabalar orasida targʻib qilishdir.

Taklif etilgan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbir ruhiga yanada fayz qoʻshdi.

TATU matbuot xizmati