Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 25 iyun kuni K.K.Seitnazarovning "Yer osti suv olish inshootlarini shakllanish va ekspluatatsiyasi jarayonlarini qat’iymas-deterministik modellashtirish tizimi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoyasibo‘lib o‘tdi.
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 30.09.2014/B2014.3-4.T167 raqam bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, TATU va O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi 16.07.2013.T/FM.29.01 raqamli Ilmiy kengashda himoya qilindi.
Ilmiy maslahatchi:texnika fanlari doktoriUsmanov Rishat Niyazbekovich
Yo‘nalish shifri:05.01.04 – «Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti» (texnika fanlari)
Tadqiqotning maqsadi:bir yoki ikki qatlamlier osti suv olish inshootlarining mavsumiy-hududiy xususiyatlari asosida shakllanish va ekspluatatsiya jarayonlarini qat’iymas-deterministik modellashtirish algoritmlari, usullari va kompyuterlashtirilgan tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
bir yoki ikki qatlamli YeOSOIlarining funktsional-tuzilmaviy shakl-lanishining gidrogeologik, texnologik va ekologik asoslarini tadqiq qilish qonuniyatlarini aniqlash;
bir va ikki qatlamli yer osti suv qatlamlarida YeOSOIlarini shaklla-nish, ekspluatatsiya va tiklanish jarayonlarida suv resurslarining dinamikasini kuzatishning qat’iymas-deterministik modellarini ishlab chiqish;
YeOSOIlarini mavsumiy-hududiy shakllanish, ekspluatatsiya va tiklanish jarayonlarining qat’iymas-deterministik modellashtirish usullari va algoritmlarini ishlab chiqish;
YeOSOI va ularning qat’iymas-deterministik modellari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni interfaol tarzda amalga oshirishga imkon beruvchi axborot imitatsion modellarini ishlab chiqish;
simsiz sensor to‘rlari asosida YeOSOI qat’iymas-deterministik modellarini yaratish va yechimlar qabul qilish jarayonlarining axborot integrallashuviga asoslangan monitoringning kompyuterlashtirilgan tizimi tuzilmasini ishlab chiqish;
bir va ikki qatlamli yer osti suvli qatlamlari sharoitida kuchli sho‘rlangan yer osti suvlari anomaliyalarini chuchuklashtirish masalalarini yechishga mo‘ljallangan matematik apparati va dasturiy vositalar majmuasini yaratish;
geofiltrlash jarayonlarni qat’iymas-deterministik modellarini ishlab chiqish jarayonlarini parallellashtirish tamoyillari va algoritmlarini tanlash;
qat’iymas axborot salmog‘i yuqori sharoitida bir va ko‘p qatlamli YeOSOIlari shakllanish, ekspluatatsiyasi va tiklanishi jarayonlari dinamikasini tadqiq qilish kompyuterlashtirilgan tizimini konkret hududlar YeOSOIlarida amaliyotga tadbiq etish dan iborat etib belgilangan.