TATUda xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

  • Home
  • TATUda xorijlik talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi



Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrifi davomida xorijlik talabalar bilan uchrashib, ularning ta’lim olish jarayoni, universitetda yaratilgan sharoitlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan suhbatda talabalar o‘zlari tahsil olayotgan yo‘nalishlar, TATUni tanlash sabablari hamda O‘zbekistonda ta’lim olish tajribasi haqida so‘zlab berdilar. Ular universitetda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy o‘quv bazasi, amaliy mashg‘ulotlar va AT sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun mavjud sharoitlar haqida fikr bildirdi.

Muloqot davomida raqamli texnologiyalar sohasida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlar, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ortib borayotgani haqida ham fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan vazirga murojaat qilib, ta’lim va kasbiy rivojlanish bo‘yicha taklif hamda mulohazalarini bildirdi.

Batafsil:  https://digital.uz/oz/news/view/227415