TATUda xalqaro uchrashuv

  • Home
  • TATUda xalqaro uchrashuv

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari A.Axmetjanov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasidagi muzokarada universitet tomonidan rektor - S.Babaxodjayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – K.Tashev va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i J.Sultanov ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv davomida Vazir o‘rinbosari A.Axmetjanov mamlakatimizda AKT sohasida kadrlar tayyorlashning tizimli tashkil etilganligi, xususan, IT-maktablar, TATU xuzuridagi akademik litseylar va texnikumlar, oliy ta’lim tizimi, hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimining kadrlar tayyorlash zanjiridagi o‘rni va o‘zaro uzviyligiga alohida urg‘u beridi. Mazkur tajribani Qozog‘istonning oliy ta’lim muassasalarida ham qo‘llash yuzasida alohida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar bo‘yicha konstruktiv suhbatlar amalga oshirildi.

Kelgusida ushbu yo‘nalishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, AKT sohasi uchun yosh mutaxxasislarni tayyorlashda Qozog‘istonning bir qator universitetlari bilan almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.