TATUda xalqaro ekspertlar ishtirokida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.

  • Home
  • TATUda xalqaro ekspertlar ishtirokida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.



📍 2026-yil 26-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xalqaro mediaforum doirasida xorijiy ekspertlar tashrif buyurdi hamda ular ishtirokida mazmunli uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

🇦🇿 🇲🇾 Tadbirda Ozarbayjonning yetakchi “Report” axborot agentligi direktori va bosh muharriri Fuad Guseynaliev hamda Malayziyaning nufuzli Universiti Teknologi MARA (UiTM) professori, raqamli ta’lim va innovatsiyalar bo‘yicha xalqaro mutaxassis Dr. Badrul Isa ishtirok etdi.

💡 Mahorat darsi davomida zamonaviy media va jurnalistika, xalqaro media tajribasi, raqamli ta’lim va innovatsion texnologiyalar masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar xorijiy mutaxassislar bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda professional faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.



:🏛 Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar universitetimizning zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy markazlari, oliy muhandislik maktabi, Living Lab hamda FabLab, o‘quv media markazi va boshqa innovatsion laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar.