TATUda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha suhbat

  • Home
  • TATUda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha suhbat
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 18 noyabr kuni "Diniy ekstremizm va terrorizmning xavfli ko‘rinishlari hamda ularning yoshlar ongiga ta’siri (bosh maqsad – adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash)” mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi. Suhbatda Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi terrorizm va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Ibragimov Zafar Hikmatovich, shu bo‘lim tergovchisi leytenant Bozorboev Farrux Ibroximovich hamda guruh murabbiylari va 1-kurs talabalaridan iborat 400 nafar kishi ishtirok etdi. Suhbat davomida bugungi kunda ogoh va sergak bo‘lib, yurtimiz tinchligiga raxna solishga urinayotgan turli tahdid va oqimlarga berilmaslik, ularni oldini olishga harakat qilish har bir O‘zbekiston fuqarosining burchi ekanligini unutmaslik haqida fikrlar bildirildi. Suhbat davomida "Maxalladagi poligon” videofilmi namoyish etildi.

TATUda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha suhbat

 

TATUda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha suhbat

 

TATUda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha suhbat