TATU da sinovdan o‘tkazish va texnik baholashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

  • Home
  • TATU da sinovdan o‘tkazish va texnik baholashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

 

 

 

TATU’da sinovdan o‘tkazish va texnik baholashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

🗓 24-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sinovdan o‘tkazish va texnik baholash metodikasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir Kiberxavfsizlik fakulteti hamda Kiberxavfsizlik markazi hamkorligida o‘tkazildi.

👨‍🏫 Seminarda Kiberxavfsizlik bo‘limi rahbari H. Abdujabborov va Kriptologiya kafedrasi dotsent v.b. A.T. Imamaliyev ma’ruza qildi.

💡 Tadbir davomida talabalarga:
• sinovdan o‘tkazishning asosiy tamoyillari va bosqichlari;
• texnik baholash metodlari va ularning amaliy qo‘llanilishi;
• axborot tizimlarining ishonchliligi va xavfsizligini tekshirish usullari;
• real loyihalarda sinov va baholash jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

✅ Shuningdek, seminar davomida faol ishtirok etgan talabalar bilan savol-javoblar o‘tkazildi hamda ularning qiziqarli savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

🔐 Seminar talabalarning kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliy tajribasini oshirish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.