TATU XALQARO REYTINGLARDA SHIDDAT BILAN YUQORILAMOQDA!

  • Home
  • TATU XALQARO REYTINGLARDA SHIDDAT BILAN YUQORILAMOQDA!

Nufuzli Times Higher Education (THE) World University Rankings 2027 natijalari e’lon qilindi.

📈 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti avvalgi yilga nisbatan 300 pog‘onaga yuqorilab, 1201–1400 o‘rinlar oralig‘idan joy oldi.

🔬 Shuningdek, TATU Research Quality — tadqiqotlar sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda 853-o‘rinni qayd etdi.

Mazkur natijalar universitetda so‘nggi yillarda ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tadqiqotlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning natijasidir.

Eng muhimi, bu natija ortida TATUning katta jamoasi — professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, xodimlar va talabalarining mehnati va sa’y-harakatlari turibdi.


🚀 TATU xalqaro reytinglardagi o‘z mavqeini yanada mustahkamlash, zamonaviy IT ta’lim va ilmiy muhitni rivojlantirish yo‘lida izchil davom etmoqda.