TATU xalqaro reytingda TOP 500 talikda qayd etildi

  • Home
  • TATU xalqaro reytingda TOP 500 talikda qayd etildi

TATU xalqaro reytingda TOP 500 talikda qayd etildi

🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Times Higher Education Sustainability Impact Ratings 2026 xalqaro reytingida dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olib, 401–600-o‘rin oralig‘ida qayd etildi.

📈 E’tiborlisi, universitetimiz mazkur reytingdagi natijasini oʻtgan yilga qaraganda sezilarli yaxshiladi. Xususan, 2025 yilgi natijalarda TATU 801–1000-o‘rin oralig‘ida qayd etilgan bo‘lsa, joriy natijalarga ko‘ra +400🔝 pogʻonaga yuqorilab, xalqaro maydondagi o‘z pozitsiyasini yanada mustahkamladi.

  Mazkur natija O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, universitetlarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish hamda zamonaviy bilim va innovatsiyalar asosida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijalaridan biridir.

  Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida oliy ta’lim muassasalari oldiga yangi strategik vazifalar qo‘yilmoqda. TATU ham ushbu jarayonlarda faol ishtirok etib, xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish yo‘lida izchil ish olib bormoqda.

🌳 Ayniqsa, universitet Affordable and Clean Energy yo‘nalishida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olib, 48-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, TATU:
Zero Hunger
Quality education
Decent Work and Economic Growth
Sustainable Cities and Communities
Climate Action
yo‘nalishlari bo‘yicha ham yuqori natijalarni qayd etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlar universitetning nafaqat IT va raqamli texnologiyalar sohasida, balki jamiyat farovonligi, ekologik mas’uliyat, inklyuziv ta’lim va barqaror taraqqiyot yo‘nalishlarida ham faol tashabbuslarni amalga oshirayotganini ko‘rsatadi.

💻 TATU — raqamli kelajak sari dadil qadam tashlayotgan, xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlayotgan universitet.