TATU vakillari Xitoyda xalqaro ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

  • Home
  • TATU vakillari Xitoyda xalqaro ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

TATU vakillari Xitoyda xalqaro ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Egamberdiyev Nodir Abdunazarovich va Mamadaliyev Xusniddin Abdijalilovich Xitoyning Jinan shahrida o‘tkazilgan “Belt and Road Architectural University International Consortium (BRAUIC)” konsorsiumining 10-konferensiyasi va xalqaro forumida ishtirok etdilar.

📌 16–18-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirlar doirasida xalqaro konferensiya, yalpi majlislar va ilmiy ma’ruzalar tashkil etildi. Shuningdek, Shandong Jianzhu universitetining 70 yillik yubileyi nishonlandi.

🤝 Forum doirasida Boku muhandislik universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🌐 Bugungi kunda BRAUIC konsorsiumi 33 ta davlat va mintaqadagi 101 ta a’zo tashkilotni birlashtirib, xalqaro ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va texnologik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✨ Mazkur ishtirok TATUning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot hamkorligini kengaytirish hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.