TATU vakillari Malayziyada xalqaro konferensiya va ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

  • Home
  • TATU vakillari Malayziyada xalqaro konferensiya va ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

 

TATU vakillari Malayziyada xalqaro konferensiya va ko‘rgazmada ishtirok etmoqda

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida IEEE International Conference on Information Communication, IoT Technology, and Smart Cities (IITS 2026) xalqaro konferensiyasi hamda “O‘zbekiston – Malayziya oliy ta’lim hamkorligi” mavzusidagi ayol olimalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu nufuzli tadbirlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari — p.f.f.d., dotsent D. Zaripova va N. Sodiqova faol ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida:
• ayol olimalarning ilmiy salohiyatini oshirish;
• innovatsiya va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash;
• xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni targ‘ib qilish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.