TATU va uning filiallari o’rtasida dasturlash bo’yicha onlayn musoboqa bo’lib o’tdi

  • Home
  • TATU va uning filiallari o’rtasida dasturlash bo’yicha onlayn musoboqa bo’lib o’tdi

2015 yilning 13-14 noyabr kunlari TATU va uning hududiy filiallari talabalar jamoalari o’rtasida dasturlash bo’yicha onlayn musobaqa bo’lib o’tdi.

Musobaqada TATU va uning filiallaridan 155 ta jamoa (har bir jamoada 3 nafardan a’zo mavjud) ishtirok etdi. Musobaqaning asosiy turi 14-noyabr kuni bo’lib o’tdi va unda turli xil murakkablikdagi 10 ta masala va ularni ishlash uchun  5 soat vaqt berildi.

Musobaqa qiziqarli va shiddatli kechdi va uning natijalariga ko’ra Dasturiy injining fakulteti 215-12 guruh talabalari Toshkanov Adham, Samadov Siroj va Bozorboyev Og’abeklardan iborat TATUning birinchi jamoasi "Tashkent U of IT 1” barcha 10 ta masalani ishlagan holda birinchi o’rinni egalladi.

2-o’rinni 6 ta masala ishlagan holda TATUning ikkinchi jamoasi "Tashkent U of IT 2” qo’lga kiritdi. Jamoa a’zolari AKTSKT 651-13 guruh talabasi Abdukarimov Sirojiddin, Kompyuter injiniringi fakulteti 218-13 guruh talabalari Islomov Nodirbek va Ismoilov Isfandiyor.

3-o’rinni 6 ta masala ishlagan holda TATU Samarqand filialining 1-jamoasi oldi. Jamoa a’zolari Ruslan Raupov, Inomjon Ramatov va Mansurbek Narzullayev.

TATU va uning hududiy filiallari kesimida  eng yaxshi natijalarni qo’lga kiritgan jamoalar 25-26 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan musobaqaning yakuniy bosqichida mutlaq g’olibik uchun kurash olib boradilar.

Ushbu musobaqalar asosan dasturlash bo’yicha har yili o’tkaziladigan jahon chempionati musobaqalari uchun jamoalarni tayyorlash va shakllantirishda maktab vazifasini bajaradi.

Dasturlash bo’yicha jahon chempionatining yarim final musobaqalari 2015 yilning 5-6 dekabr kunlari universitetimizda bo’lib o’tadi.

Eslatib o’tamiz, ushbu musobaqa o’tgan yili ham tashkil etilgan va uni o’tkazishda TATU Urganch filiali mezbonlik qilgan hamda "Tashkent U of IT 1” jamoasi final bahsida birinchi o’rinni egallagan va bosh mukofot notebookni qo’lga kiritgan edi.

Musobaqa bo’yicha batafsil ma’lumotni acm.tuit.uz saytidan olishingiz mumkin.