TATU va Óbuda universiteti: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi!

  • Home
  • TATU va Óbuda universiteti: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi!

TATU va Óbuda universiteti: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi!

🏛2026-yil 15-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Óbuda universiteti prorektori Prof. Dr. András Molnár boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🤝Tashrif davomida mehmonlarga TATUning ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy infratuzilmasi hamda ta’lim va innovatsiya yo‘nalishidagi imkoniyatlari, jumladan, ilmiy laboratoriyalar, Media markaz, Living Lab va Fab Lab faoliyati namoyish etildi.


💡Uchrashuv davomida 2026-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya rektorlar forumida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumini amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlarida qo‘shma yozgi maktablarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, TATU talabalarini Óbuda universitetida tashkil etiladigan yozgi maktablar va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish uchun yuborish rejalari muhokama qilindi. Tomonlar forum doirasida erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.

📊 Ma’lumot uchun: Óbuda University — Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, muhandislik va texnik ta’lim sohalarida mamlakatning muhim universitetlaridan biri hisoblanadi. THE World University Rankings 2027 reytingida dunyo universitetlari orasida 701-800-o‘rinni egallagan