300 dan ziyod TATU talabalari "Oqtosh"da"Besh tashabbus olimpiadasi"doirasida jambo'lishdi.

  • Home
  • 300 dan ziyod TATU talabalari "Oqtosh"da"Besh tashabbus olimpiadasi"doirasida jambo'lishdi.



Muhtaram Prezidentimizning yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste’dodi va tashabbuslarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma’naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan barcha fakultetlar kesimida GPA ko‘rsatgichi eng yuqori bo‘lgan 300 dan ziyod 2-bosqich talaba-yoshlari hamda universitetda tahsil olayotgan xorijiy  talabalar uchun "Oqtosh" o‘quv poligonida intellektual hamda sport bellashuvlari tashkil etildi.

O‘quv poligonida:

⏺"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol kabi sport turlaridan musobaqalar;

⏺Intellektual bellashuvlar;

⏺Mazali tushlik va kechki taomlar;

⏺ “Gulhan atrofida” mushoira kechasi va yayratuvchi milliy hamda xorijiy musiqa estradasida namunalarini o‘zida jamlagan musiqiy tadbir tashkil etildi.

O‘ylaymizki bu kabi tadbirlar yoshlarimizni umumiy maqsad yo‘lida  birlashtirgan holda, ularni  intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.