TATU talabalari Malayziyada xalqaro almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlashdi

  • Home
  • TATU talabalari Malayziyada xalqaro almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlashdi

 


🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Malayziyaning INTI International University (World University Ranking #406) universitetida tashkil etilgan 2 oylik xalqaro Exchange Programda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Dastur davomida talabalar xalqaro ta’lim muhitida tahsil olib, mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirdi hamda sertifikatlarga sazovor bo‘ldi.



🟢Shuningdek, turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan hamkorlikda jamoaviy loyihalarni amalga oshirib, networking, madaniyatlararo muloqot va xalqaro tajriba borasidagi bilimlarini yanada boyitdi.

🟢Mazkur almashinuv dasturi talabalarning akademik salohiyati, kasbiy ko‘nikmalari hamda global fikrlashini rivojlantirishga xizmat qildi.