TATU professori Janubiy Koreyada xalqaro ilmiy treningda ishtirok etmoqda

  • Home
  • TATU professori Janubiy Koreyada xalqaro ilmiy treningda ishtirok etmoqda


🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Sun’iy intellekt kafedrasi professori Abdusalomov Akmalbek Bobomirzayevich 2026-yil 19–31-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Gachon universitetida tashkil etilayotgan xalqaro trening-seminarda ishtirok etmoqda.

🇰🇷Mazkur trening-seminar Korean Agency for Technology and Standards (KATS) homiyligida amalga oshirilayotgan “Object Detection and Classification Based on Advanced AI Approaches” nomli xalqaro ilmiy loyiha doirasida o‘tkazilmoqda.

💬Trening-seminar davomida:
• sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or ilmiy yondashuvlar;
• obyektlarni aniqlash va tasniflash bo‘yicha zamonaviy AI metodlari;
• ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliy ishlanmalarga tatbiq etish masalalari muhokama qilinmoqda.

📊 Hamkorlik samaralari:
Ta’kidlash joizki, 2025-yil davomida Gachon universiteti va TATU hamkorligida Scopus va Web of Science (WoS) bazalarida indekslangan Q1 va Q2 kvartilli nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq qo‘shma ilmiy maqolalar chop etildi. Ushbu natijalar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning yuqori ilmiy samaradorligini yaqqol ko‘rsatadi.

ℹ️ Ma’lumot uchun:
Gachon universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, THE va ARWU xalqaro reytinglarida TOP 600–800 talikdan joy olgan.