TATU kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

  • Home
  • University
  • TATU kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Bugun Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda professor-o‘qituvchilar tarkibining tanlovi va ilmiy unvonlarga kengash taqdimnomasi, “O‘zbekiston tarixi” va “Chet tili” fanlaridan davlat attestatsiyasi hamda bitiruv ishlari, shuningdek magistratura DAKning ishi va magistrlik dissertatsiyalarining himoyalari natijalari, bakalavriatura va magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash holati hamda Universitetning hududiy filiallari faoliyatiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirning unvonlar taqdimnomasi va tabrik qismida davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona hizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan quyidagi professor-o‘qituvchilari taqdirlandilar:

“Axborot - kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ganieva Barno Ilxomovna, “Axborot - kutubxona tizimlari” kafedrasi professori, t.f.d. Raxmatullaev Marat Alimovich.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’muriyatining 2020 yil 23 oktyabrida o‘tkazilgan yig‘ilishining 7-sonli bayoniga muvofiq mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” yetkazishni tashkil etish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot dasturi doirasida Toshkent viloyati Parkent tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashganligi uchun quyidagi xodimlarimiz Parkent tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar:

“Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani Nosirov Xabibullo Xikmatillo o‘g‘li, “Mobil aloqa texnologiyalari” kafedrasi dotsenti - Sultonova Maxbuba Odilovna, “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi katta o‘qituvchisi  - Arziev Davron Abduraxmanovich va “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi assistenti - Muxammadjonov Sherzod Muxammadjon o‘g‘li.

OAКdan ilmiy daraja diplomlari va ilmiy unvon attestatlari bilan quyidagi professor-o‘qituvchilari taqdirlandilar:

“Axborot xavfsizligi” fakulteti dekani Irgasheva Durdona Yakubdjanovna – Texnika fanlari bo‘yicha DSc, «Axborot ta’lim texnologiyalari» kafedrasi uqituvchisi Rahimova Shaxnoza Anvarovna – Sotsiologiya fanlari bo‘yicha PhD, “Menejment va marketing” kafedrasi o‘qituvchisi Sharofutdinova Diyora Alisherovna – Iqtisod fanlari bo‘yicha PhD, “Chet tili” kafedrasi Maksudova Oysara Nishonovna - v.b. Dotsent, Qarshi filial o‘qituvchisi To‘raev Sirojiddin Jo‘rakulovich – Dotsent, “O‘zbek va rus tili” kafedrasi o‘qituvchisi Dospanova Dilara Urakbaevna – Dotsent.     

 

TATU matbuot-xizmati