TATU kafedralari va filiallar bilan hamkorlik yuzasidan...

  • Home
  • TATU kafedralari va filiallar bilan hamkorlik yuzasidan...

Universitet va uning hududiy filiallari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish maqsadida, 4-5 may kunlari TATU "Menejment va marketing” kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari:professor A.M.Qodirov,dotsent A.T.Axmedieva, kafedra mudiri Sh.A.Tursunovlar Farg‘ona filialiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida:

-Farg‘ona filiali "Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan "Biznesni boshqarish asoslari” fanidan o‘quv-uslubiy majmualarni xorijiy adabiyotlar va manbalar asosida takomillashtirish;

-Filialda faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchilar va mustaqil izlanuvchilar bilan doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari bo‘yicha;

-Filial professor-o‘qituvchilari bilan ilmiy-tadqiqot ishlari va xo‘jalik shartnomalarini shakllantirish hamda amalga oshirish bo‘yicha fikr va tajriba almashinildi hamda aniq amaliy takliflar berildi.

TATU kafedralari va filiallar bilan hamkorlik yuzasidan...

 

TATU kafedralari va filiallar bilan hamkorlik yuzasidan...

 

TATU kafedralari va filiallar bilan hamkorlik yuzasidan...