TATU JAMOALARI ICPC RESPUBLIKA SARALASH BOSQICHIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

  • Home
  • TATU JAMOALARI ICPC RESPUBLIKA SARALASH BOSQICHIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

TATU JAMOALARI ICPC RESPUBLIKA SARALASH BOSQICHIDA MUNOSIB ISHTIROK ETDI!

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash musobaqasining Respublika saralash bosqichida ishtirok etdilar.

💻Musobaqada Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalaridan 129 ta jamoa tarkibida 400 nafardan ortiq talaba qatnashdi. Universitetimizdan esa 30 ga yaqin jamoa o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

👏Saralash bosqichida quyidagi jamoalarimiz munosib ishtirok etdilar:

🔺Attack on Contest: THE LAST ATTACK — Ma’rufjonov, Mirokilov, Rahmatillayev;

🔺Tomorrow’s Problem — Akramova, Avezmurodov, Uteshova;

🔺Binary Legends — Dalaboyev, Halimov, Mirzapo‘latov;

🔺Binarybrothers — Bashirkhonov, Faxretdinov, Marufov;

🔺CyberX — O‘tkir, Raximboyev, Sattorov.

🎉Barcha ishtirokchilarimizni tabriklaymiz va ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

📊Musobaqa natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
🔗https://cpfed.kz/ru/contests/the-2026-icpc-uzbekistan-18?tab=rating

🚀Jamoalarimizga 2026-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ICPC Uzbekistan Regional Contest 2026 musobaqas