TATU hamda Huawei kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqboli

  • Home
  • TATU hamda Huawei kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqboli

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) 2016 yil 17 may kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va fan dasturlari mazunini respublikamiz iqtisodiyotining real sektori korxonalarining talablariga mos ravishda muvofiqlashtirish va boyitish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida, TATU va Huawei kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbolli rivoji yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda TATU va Huawei kompaniyasi o‘rtasida kelishuv memorandumi imzolandi. Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze, Huawei kompaniyasining bosh direktori janob Jefri Lyu, "Huaweitech. Invesment Tashkent” korxonasi direktori janob Vang hamda boshqa qator soha korxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida TATU va Xuavey kompaniyasi o‘rtasida quyidagi tartibda hamkorlik qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi:

1. Talabalar va o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha:

· 2017-2020 yillarning har yili kuzgi semestrida Huawei kompaniyasi xomiyligida iqtidorli talabalar loyihalari, g‘oyalari va ishlanmalari tanlovini o‘tkazish, g‘oliblar va ularning rahbarlarini Huawei stipendiyasiga taqdim etish;

· Har yili kuzgi semestr oxirida 13 nafar talaba va 2 nafar o‘qituvchilarni Huawei o‘quv markaziga (Xitoy) stajirovkaga yuborish;

2. O‘quv jarayoni sifatini oshirish va tajriba almashish bo‘yicha:

· Mutaxassislik kafedrasi bazasida HAINA (Huawei Authorized Informationand Network Academy) o‘quv laboratoriyasi va markazini tashkil etish;

· O‘quv laboratoriyasini zamonaviy tarmoqlarini qurish va boshqarish, tarmoq xavfsizligini ta’minlash qurilmalari va ta’lim texnologiyalari bilan jihozlash;

· Zamonaviy tarmoq texnologiyalari bo‘yicha o‘quv kurslari
(IPnetwork, Network Security, CTNetwork) va o‘quv materiallari bilan ta’minlash;

· Huawei kompaniyasi mutaxassislari va universitet trenerlari tomonidan korxonalar xodimlari va talabalar uchun sertifikatlangan o‘quv kurslarini tashkil etish;

· Huawei kompaniyasi qurilmalari va texnologiyalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha mutaxassislarni maqsadli tayyorlash.

Hamkorlik tadbirlari kompaniya va universitet o‘rtasida ko‘p yillardan beri davom etib kelmoqda. Jumladan, "Huaweitech. Invesment Tashkent” kompaniyasi va TATU o‘rtasidagi shartnomaga binoan 2012 yildanbuyon Xuavey kompaniyasi tomonidan universitetda faol hizmat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar uchun rag‘batlantirish stipendiyasi joriy etilgan. Har yili 4 ta professor-o‘qituvchi hamda 10 nafar talaba rag‘batlantirishga tavsiya etib kelinmoqda.

2012 yildan beri davom etib kelayotgan ushbu an’ana joriy 2016 yilda ham o‘tkazildi. Tadbir davomida universitet hamda uning hududiy filiallari talabalaridan 10 nafari "Huaweitech. Invesment Tashkent” kompaniyasining sertifikati bilan taqdirlandi va belgilangan rag‘batlantirish stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar. 

TATU HAMDA HUAWEI KOMPANIYASI O‘RTASIDAGI HAMKORLIK ALOQALARINING ISTIQBOLI