Joriy yilning 7-dekabrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Xoʻjaqulov Toshtemir xalqaro “International water association” assotsiatsiya tomonidan “IWA Publishing Open Access” mavzusida oʻtkazilgan xalqaro vebinarda ishtirok etib, assotsiatsiya aʻzoligini qoʻlga kiritdi.
Onlayn vebinar Zoom platformasida tashkil etilib, unda xalqaro “International water association” menejeri “IWA Publishing Open Access” direktori Sara Bosshart, assotsiatsiyaning boshqa aʻzolari: Enrique Cabrera, Rob Cookson, Folfgang Rauch, Sheijla Singh va boshqa vakillar ishtirok etdilar.
T.Xoʻjaqulov “Tarmoqlangan suv resurslari ekologik holati toʻgʻrisidagi maʻlumotlarga ishlov berish algoritmlari va dasturiy vositalari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib borish bilan birgalikda xalqaro assotsiatsiyalar bilan ham keng hamkorliklarni yoʻlga qoʻygan.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, “International water association” bosh ofisi London shahrida joylashgan bo‘lib, tashkilotning maqsadi dunyoda barcha turdagi suvlarning muammosi va uni oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hisoblanadi.
Har bir tadqiqoti bo‘yicha kitoblar va ilmiy maqolalar chop etiladi.
TATU matbuot xizmati