BDIRU da O‘zbekiston talabalar kengashi raisining saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga ko‘ra IEF 2 kurs talabasi Valijon Raxmatullayev talabalar kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek Kengash yig‘ilishida 2019-2020 o‘quv yiliga rais o‘rinbosarlari va talabalik sektorlarining rahbarlari ham saylandi.
O‘zbekiston Talabalar kengashi yoshlarga muhim masalalarni hal qilishda yordam beradi, ijtimoiy tashabusslarini qo‘llab-quvvatlaydi, xorijiy va belorussiyalik talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mutahkamlashga ko‘maklashadi, shuningdek universitet doirasida va tashqarisida mamlakat madaniyati, tarixi, an’analari va urf-odatlarini targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi.
Bahslardan so‘ng yashirin ovoz berish orqali o‘zbekistonlik talabalar yetakchisi sifatida Valijon Raxmatullayev saylandi. Ushbu talaba o‘zining o‘qishdagi yutuqlari, jamoat ishlarida faolligi, sport bilan shug‘ullanishi bilan ajralib turadi. Yig‘ilish ishtirokchilari Valijon Raxmatullayev talabalar kengashi raisi ham o‘zbekistonlik yoshlar yetakchisi bo‘lishiga loyiq deb topishdi.
Rais o‘rinbosari bo‘lib Muxammadali Amonov (2 kurs, FKP), o‘quv sektor rahbari - Muxammad Shukurov (2 kurs, FKP), axborot-huquqiy sektor - Akramov Muxammadjon (2 kurs, IEF), yashash-maishiy sektor - Ibroxim Xikmatov (2 kurs IEF), madaniy-ommaviy sektor - Sevinch Alimxodjayeva (2 kurs IEF), sport-ommaviy sektor - Abdulaziz Karshiy (3 kurs, FKP).
O‘zbekiston talabalar kengashi raisi Valijon Raxmatullayev