Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘quv amaliyot anjumani bo‘lib o‘tdi.
📄O‘tkazilgan tadbirlar davomida asosiy e’tibor kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratildi. Shu bilan birga, ishchi-xodimlarga ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish va ulardan saqlanish bo‘yicha o‘zida tavsiyaviy ma‘lumotlarni aks ettirgan buklet va eslatmalar tarqatildi.
Ushbu tadbir orqali talabalarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar ularni oldini olish, bartaraf etish, aholi va hududlarni muhofaza qilish yo‘llari tanishtirildi. Soha xodimlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarda odamlar ortiqcha his-tuyg‘u, his-hayajonga berilmasdan va sarosimaga tushmasdan harakatlanishlari zarurligi haqida misollar keltirilgan holda tavsiyalar berishdi. Mashg‘ulotda amalga oshiriladigan xatti-harakatlar samara berishi amaliy tajribalarga asoslangan bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.