“Sun’iy intellekt yordamida adabiyotlarni tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy seminar tashkil etildi.

  • Home
  • “Sun’iy intellekt yordamida adabiyotlarni tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy seminar tashkil etildi.

 

 

“Sun’iy intellekt yordamida adabiyotlarni tahlil qilish” mavzusidagi ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminarni O‘zbekistondagi Scienceweb ilmiy tadqiqotlar milliy bazasi loyihasi rahbari Mirzalimov Ulug‘bek Artikovich olib bordi.

Seminar davomida sun’iy intellektdan ilmiy tadqiqotlarda samarali foydalanish, xususan adabiyotlarni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari batafsil yoritildi. Ta’kidlanganidek, AI tadqiqotchilarga tezlik va qulaylik beradi, biroq u ilmiy fikrlash va mas’uliyatni to‘liq almashtira olmaydi.

Ma’ruzada xalqaro jurnallarda (WoS va Scopus) maqolalar chop etilishida uchraydigan asosiy muammolar ham tahlil qilindi.

Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida quyidagi platformalardan foydalanish tavsiya etildi:
— Google Scholar va ChatGPT — mavzu tanlash va trendlarni aniqlash
— Zotero — adabiyotlar tahlili va bibliografiya boshqaruv dasturi;
— elicit.com— sun’iy intellekt asosidagi adabiyot tahlili platformasi;
— overleaf.com— ilmiy maqolani professional formatda yozish platformasi.

Sun’iy intellekt, u bilan ishlay olmaydiganlar o‘rnini bosadi, undan foydalana oladiganlar esa o‘zini takomillashtirib boradi!