Ustoz o‘gitlari...

  • Home
  • Ustoz o‘gitlari...

18 aprel kuni TATU “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlari va talabalari bilan akademik Jo‘ra Abdullayevich Abdullayev ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida akademik J.Abdullayev talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari, ilmiy maqolalarni yozishda nimalarga e’tibor berish zarurligi, bugungi kunda iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida o‘gitlar berdi.

Suhbat davomida ustozning bosib o‘tgan hayot yo‘li va ular olib borgan ilmiy izlanishlar haqida shogirdlari, kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, akademik Jo‘ra Abdullayevich Abdullayev bu yil 90 yoshni qarshi oldi. 1976-1992 yillar davomida Toshkent elektrotexnika aloqa instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. Faoliyati davomida 8 ta doktorlik va 40 dan ortiq texnika fanlari nomzodi dissertatsiyalariga raxbarlik qilgan. 21 monografiya va ilmiy ishlar to‘plami, 500 dan ortiq jurnallarda ilmiy maqololalari chop etilgan. 100 dan ortiq ixtirolari uchun guvoxnomalar olingan. 1989 yil akademik unvonini olgan. 1997 yidan hozirgi kungacha “UNICON.UZ” DUKda bosh ilmiy xodim, ilmiy maslahatchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.