Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar o'rtasida "Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport estafetasi bo'lib o'tdi

  • Home
  • Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar o'rtasida "Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport estafetasi bo'lib o'tdi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar o‘rtasida "Sport nafislik va salomatlik manbai" shiori ostida sport estafetasi bo‘lib o‘tdi

Xotin-qizlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish maqsadida bo‘lib o‘tgan estafetada 5 ta jamoa qatnashdi

Bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish asnosida sport musobaqalarini tashkillashtirishdan asosiy maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat bo‘ldi:
–ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarni sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
–ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi va xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilish;
–ishchi va xodimlarni jismoniy tarbiya va sportning ommaviy turlariga qiziqishlarini kuchaytirish;
–ta’lim muassasalaridagi ishchi va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Sport estafetasi qiziqarli musobaqalarga boy bо’ldi va eng kuchli g‘oliblar aniqlandi.
🥇-о’rin Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti,
🥈-о’rin Kompyuter injiniring fakulteti
🥉-о’rin AKT sohasida kasb ta’lim fakulteti jamoasi egalladi.

Musobaqa g‘olib va ishtirokchilari universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.