23
aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Telekomunikatsion
texnologiyalari” fakulteti "Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi hamda
"Marketing” bo‘limi boshchiligida "Biznesni rivojlantirish markazi” korxonasi
mutaxassislari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida "O‘zbekiston
Respublikasida ma’lumotlarni uzatish tizimlarining holati va rivojlanish
istiqbollari” mavzusi yuzasidan fikr almashildi.
Bugungi kunda "Biznesni rivojlantirish markazi” tomonidan olib borilayotgan
ishlar, loyihalar, o‘rnatilgan zamonaviy qurulmalar, ularning imkoniyatlari,
mijozlarga ko‘rsatilayotgan yangi xizmatlar turlari va kelajakda rejalashtirilayotgan
loyihalar to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar ishtirok
etdilar.