Koreyaning Shin Xan universiteti tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida san’atning milliy raqs, K-POP - koreys tilida qo‘shiq kuylash va milliy kiyimlar namoyishi bo‘yicha tanlov tashkil etilmoqda.
Tanlovning birinchi bosqichi 5 aprel kuni TATUda o‘tkaziladi.
Tanlovda 1-o‘rinni olgan ishtirokchi yoki guruh Koreyaning Shin Xan universitetida bo‘lib o‘tadigan konkursning keyingi bosqichiga bepul, 2- va 3-o‘rinni olgan ishtirokchi yoki guruh esa ma’lum imtiyozlar asosida taklif etiladi.
Kimda yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidori bo‘lsa va konkursda ishtirok etishni xoxlasa TATU asosiy binosi 2-qavat 224-xona (E.Karimova)ga murojaat qilishlari mumkin.