Shimoliy-Sharqiy Yevropa mintaqasida talabalar jamoalari o’rtasida dasturlash bo’yicha jahon chempionatining yarim final musobaqalari

  • Home
  • Shimoliy-Sharqiy Yevropa mintaqasida talabalar jamoalari o’rtasida dasturlash bo’yicha jahon chempionatining yarim final musobaqalari

2015 yil 5 dekabr soat 11:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Shimoliy-Sharqiy Yevropa guruhida dasturlash bo’yicha jahon chempionati doirasida O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston oliy ta’lim muassasalari talabalar jamoalari o’rtasida yarim final musobaqalarining ochilishi bo’lib o’tadi. Toshkentda O’zbekistondan 25 ta jamoa, Qozog’istondan 24 ta jamoa va Qirg’izistondan 2 ta jamoa ishtirok etadi.

2015 yil 5 dekabr soat 16:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Middle Asia" – mintaqasidagi Shimoliy-Sharqiy Yevropa guruhidan dasturlash bo’yicha jahon chempionati doirasida Respublika oliy ta’lim muassasalarining talabalar jamoalari o’rtasida yarim final musobaqalarining yubiley sinov turi bo’lib o’tadi.

2015 yil 6 dekabr soat 12:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Middle Asia" – mintaqasidagi Shimoliy-Sharqiy Yevropa guruhidan dasturlash bo’yicha jahon chempionati doirasida respublika oliy ta’lim muassasalarining talabalar jamoalari o’rtasida yarim final musobaqalarining asosiy turi bo’lib o’tadi.