Bugun, 1-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar

  • Home
  • Bugun, 1-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar

Bugun, 1-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, u yerda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektidagi qurilishlarning holati va taqdimoti bilan tanishdilar.

Ikkita 9 qavatlik o‘quv binosini rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur o‘quv binosi 1 500 nafar talabalarga mo‘ljallangan, 7 ta ma’ruzalar xonasi, 21 ta o‘quv xonalari va 9 ta kompyuter xonasi mavjud.

Taqdimot davomida AKT vaziri olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z takliflarini berdilar. Ayniqsa talabalarga qulay sharoit yaratish va ta’lim sifatini. Ichki ijodiy muhitini yahshilashga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.