“Yagona mintaqa, Yagona yo‘l” tashabbus doirasida TATU ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori B.Usmonov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay universiteti (Shanghai University) taklifiga binoan, 21-23 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrifning maqsadi “Yagona mintaqa, Yagona yo‘l” tashabbusi doirasida universitet rektorlarning ikkinchi forumida (The 2d Belt and Road Initiative University Presidents’ Forum) ishtirok etishdan iborat edi. Xitoyning 20 eng yaxshi universitetlari va Osiyoning 100 eng yaxshi universitetlariga kiradigan Shanxay universitetida 12 mamlakatning 40 ga yaqin universitetlar rektorlari, prezidentlari va prorektorlari uchrashdi, shuningdek, mazkur tadbirda XXR yirik universitetlari prezidentlari va elchixonalar vakillari qatnashdi.
TATU tomonidan “Experience and Challenge in the Cultivation of Innovative Talents in the New Era” seksiyada ma’ruza taqdim etildi. Ushbu ma’ruza TATU misolida yosh iste’dodlarni rivojlantirish va o‘qitish masalalari yoritildi.
Forum butun dunyo yirik olimlari va atoqli pedagoglar uchun fikrlar almashish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyatlar berdi. Norasmiy muzokaralar chog‘ida xorijiy texnik universitetlar rahbarlari TATU bilan talabalar almashish sohasi va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, qo‘shma xakatonlar tashkil qilish, universitetimiz talabalari yozgi maktablar dasturlariga taklif etish masalalari yuzasidan qiziqish bildirishdi.