Mamlakatimizda taʼlim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi, oʻqitishning mazmun-mohiyatini tubdan yangilashda oʻtgan qisqa ikki yil ichida taʼlim islohotlariga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari qabul qilingan. Ushbu normativ meʼyoriy-huquqiy xujjatlarning mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining "Axborot xavfsizligi", “Kompyuter injiniringi”, AKT sohasida "Kasb ta'limi" hamda "Televizion texnologiyalari" fakultetlari kafedralarining professor-oʻqituvchilari orasida targʻib etish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.