Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi

  • Home
  • Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi
6-aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Sejong universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrifdan asosiy maqsad ikki universitet haqida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, iqtidorli talabalar bilan suhbatlashish va kelajakda rejalashtirilayotgan grantlar to‘g‘risida kelishish edi. Uchrashuv davomida Sejong universiteti haqida taqdimot va video rolik namoyish etilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.
Hozirda TATU va Sejong universitetlari o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolash jarayoni ketmoqda. Ikki universitet o‘rtasida aloqa o‘rnatilgach kelajakda shartnoma asosida talabalarni Sejong universitetiga magistraturaga o‘qishga yuborish imkoniyatlari kelishib olinadi.
Uchrashuvda Sejong universitetining 2 nafar professori va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimi, TATU tomonidan esa rektor U.Xamdamov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Radjiev va TATU ning 3-4 bosqich bakalavr talabalari ishtirok etdilar.
 

Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi

 

Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi

 

Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi

 

Sejong universiteti vakillarining TATUga tashrifi