Elsevier kompaniyasining Scopus Award-2018 mukofoti doirasida Oʻzbekistonning eng yaxshi olimlari aniqlandi, eʼlon qilingan natijalarga koʻra Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, dotsent Ganiyeva Barno Ilhomovna hamda ushbu kafedraning professori Raxmatullayev Marat Alimovich Scopus ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi boʻyicha eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar sifatida tan olindilar.
Scopus Award mukofoti - bu Scopus tizimi maʼlumotlariga tayangan holda topshiriladigan jahonning fahrli ilmiy mukofoti hisoblanadi.
Scopus tizimi oʻz ichiga 1788-yildan buyon chop etilib kelinayotgan 70 milliondan ortiq ilmiy nashrlarga oid analitik maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Tantanali taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkentda QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari va Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktorlari va xorijlik mutaxassislar ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Eʼtiborlisi shundaki, Oʻzbekistonda ushbu tadbir ilk marotaba tashkillashtirildi va eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar taqdirlandi.