Sambochilarimiz Jahon kubogini 18 ta medal bilan yakunlashdi
Joriy yilning 22-23-avgust kunlari Qirgʻizistonning Choʻlpon-Ota shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.
🥋Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan sambochilar 24 ta vazn toifasida sovrinli o’rinlar uchun kurash olib borishdi. Bellashuvda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 18 ta (3 ta oltin, 8 ta kumush va 7 ta bronza) medalga ega chiqishdi.
Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali talabasi Masharipova Xosiyat 80 kg vazn toifasida kumush medalini qo’lga kiritdi.
💻 TATU jamoasi nomidan sportchilarimizni tabriklaymiz va keyingi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!