Samarqand filialida talabalar turar joyi sharoitlari o‘rganildi

  • Home
  • Samarqand filialida talabalar turar joyi sharoitlari o‘rganildi



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B. Maxkamov tomonidan universitetning Samarqand filialidagi talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida yotoqxonadagi mavjud sharoitlar, infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan qulayliklar joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Talabalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini ta’minlash universitet faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.