Algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha bilim darajasini oshirishni istagan yoshlar uchun Rucode festivali!

  • Home
  • Algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha bilim darajasini oshirishni istagan yoshlar uchun Rucode festivali!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Besh tashabbus"ning uchinchi tashabbusi va yosh avlodni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan, ilk bor Oʻzbekistonlik jamoalar qatnashishi mumkin boʻlgan "Rucode" festivalining birinchi xalqaro raundiga qabul oʻtkazilmoqda.

Ushbu tadbir tashkilotchilari dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi" MCHJ (keyingi  oʻrinlarda IT-Park) va Rossiya MIFT universiteti hisoblanadi.

RuCode festival - bu algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha bilim darajasini oshirishni istagan yosh IT-mutaxassislar uchun intensiv tayyorgarlik dasturi, shuningdek, musobaqalarda ishtirok etish tajribasini olish uchun moʻljallangan dastur hisoblanadi. Festival rus tilida olib boriladi.

Algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha RuCode festivali MFTI va O‘zbekistondagi mintaqaviy tashkilotchi - IT-Park tomonidan tashkil etilmoqda.

Birinchi marta xorijiy mamlakatlardan tanlov ishtirokchilari qatnashish imkoniyati berildi.

Festivalga 31-avgustdan 22-sentyabrgacha https://rucode.net/ sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin. Roʻyxatga olish muddati tugagandan soʻng algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha intensiv kurslar boshlanishi kutilmoqda.

Festival 4 oktyabr kuni sport dasturlash boʻyicha chempionat bilan yakunlanadi.

Festival gʻoliblari pul mukofotlari va qimmatbaho tajribaga ega boʻladilar.

Dasturning bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  1. https://stepik.org/ saytidagi onlayn-kurslar boʻyicha bepul taʼlim
  • Sport dasturlashini tezda boshlash;
  • C++dasturlash tilini tezda boshlash;
  • Sunʼiy tafakkurni tezda boshlash
  1. Intensivlarda ishtirok etishni istaganlar uchun saralash testi
  2. Algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha intensivlar
  3. Algoritmik dasturlash va sunʼiy tafakkur boʻyicha chempionatlar

Shuningdek, ishtirokchilarga talabalar jamoalarini sport dasturlash boʻyicha musobaqalarga mustaqil tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar beriladi.

RuCode Festival dasturi yoshlarga algoritmik vazifalarni tez va samarali tarzda

yechishni oʻrgatadi va sunʼiy tafakkur trekida ishtirok etish yetakchi kompaniyalarning datasetlari bilan ishlash imkonini beradi hamda shu bilan oʻzini musobaqalarda namoyon qiladi. Kirish ochiq va bepul.