Rektor yoshlar muammosiga befarq emas

  • Home
  • Rektor yoshlar muammosiga befarq emas

Rektor yoshlar muammosiga befarq emas

Muxtaram prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan mazkur g‘oya bugungi kunda yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilishiga imkon yaratmoqda.

Rektorimiz va yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan muloqotlarda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga koʻmaklashish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor B.Maxkamov Yunusobod tumani Anorzor MFYda istiqomat qiluvchi Umidjon bilan uchrashdi. Umidjonning holidan xabar olinib, suhbat uyushtirildi hamda esdalik sovg‘alar bilan birgalikda, tug‘ilgan kuni munosabati bilan qiziqishlaridan kelib chiqqan holda zamonaviy rusumdagi noutbuk sovg‘a qilindi.