Rektor tabirigi

  • Home
  • Rektor tabirigi
ASSALOMU-ALAYKUM HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVChILAR, MEXMONLAR VA QADRLI TALABALAR!
Ushbu kun, ya’ni 2015-2016 o‘quv yili boshlanayotgan kun va Siz 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ilk o‘qish kunlaringiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligi tantanalari respublikamizda keng nishonlanayotgan kunlarga to‘g‘ri kelishi quvonarli holdir. Mamlakatimizda ushbu qutlug‘ sana keng miqyosda nishonlanayotgan ushbu kunlarda o‘tgan davr mobaynida xalqimiz bosib o‘tgan tarixiy va murakkab yo‘lga yana bir bor nazar tashlaydigan bo‘lsak, mustaqil taraqqiyotimiz davomida nechog‘li yuksak ishlar amalga oshirilganiga yana bir bor amin bo‘lamiz.
Albatta, bu yutuqlarga osonlikcha erishilgani  yo‘q. Bugun biz faxr bilan qayd etayotgan yuksak natijalar zamirida davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlab amalga oshirib kelayotgan oqilona siyosati mujassam.
Milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan birinchi bosqich o‘tish davri sifatida mamlakatimiz va xalqimiz hayotida chuqur iz qoldirdi. Keyingi davrda esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishda muhim rol o‘ynadi va o‘ynamoqda.
E’tiborli jihati shundaki, yangi davlat va jamiyat  qurishda asos qilib olingan besh tamoyil amalda o‘zini to‘liq oqladi. Xalqimiz ana shu tamoyillardan kelib chiqqan xolda "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyat sari” g‘oyasini tadbiq etishga muvaffaq bo‘ldi.
Keyingi vaqtlarda respublika oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga jahon standartlari darajasiga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash vazifasi qo‘yilganki, shu bilan bog‘liq ravishda professor-o‘qituvchilar barcha o‘quv dasturlarini chuqur tayyorgarlik bilan ko‘rib chiqishlari, tanlangan mutaxassisliklari bo‘yicha ham nazariy, ham amaliy ko‘nikmalarini  rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishlari lozim. Bu bo‘lg‘usi  mutaxassisning sanoat va boshqaruvning barcha ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha yuqori bilimga ega bo‘lishlariga imkon beradi. Bu ulkan va mas’uliyatli vazifa. 
Fursatdan foydalanib, barchangizni vatanimizning shonli to‘yi – mustaqilligimizning 24 yilligi  bayrami bilan tabriklayman. 
 Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Mustaqil respublikamiz mustaqilligini himoya etuvchi va mustahkamlovchi hamda rivojlantiruvchi vatanparvar, bilimli, shijoatli yoshlarni tarbiyalashdek sharafli mehnatingizga muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmatli talabalar! Kelajagimiz poydevori sifatida zamonaviy bilim va tajribani egallab davlatimiz, xalqimiz shuxratini oshirishdek buyuk ishlarda namuna bo‘lasizlar, deb umid qilaman! Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!