Rektor bilan navbatdagi ochiq muloqot

  • Home
  • Rektor bilan navbatdagi ochiq muloqot

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektori H.A. Muxitdinovning talabalar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Universitet rektorining talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishi an’anaga aylangan. Ushbu an’ana davomi sifatida 2 dekabr kuni AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti va Televizion texnologiyalari fakulteti 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot doirasida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘qish jarayoni, talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari va tartibi, talabaning odob-axloq qoidalari bilan tanishtirildi. O‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan salomlashish, tashqi ko‘rinish va kiyinish madaniyatiga e’tibor berish haqida gapirib o‘tildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston davlati siyosatining eng asosiy omillaridan biri – yoshlar ekanligi, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida yoshlar uchun yetarli imkoniyatlar yaratilishi turganligi, Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashga doir qator Farmon va qarorlar qabul qilinganligi, chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi – bularning barchasi mamlakatimiz yoshlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ekanligi, bu imkoniyatlardan samarali va maqsadli foydalanish zarurligi haqida fikrlar bildirildi. Bugungi kunda jahonda ro‘y berayotgan voqea va hodisalarning o‘zi har bir insonni ogohlikka, befarq bo‘lmaslikka chorlayotgani, o‘zining yashash manzili haqida yetarli va to‘liq ma’lumotlarni berib borish, har bir talabaning vazifasi ekanligi, ayniqsa, viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishi kerakligi uqtirildi. Shu bilan birga, o‘qish jarayoniga oid ma’lumotlar ham berildi. Jumladan, 12 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirgan talabaga ogohlantirish berilishi, 36 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirgan talabaga hayfsan e’lon qilinishi va 74 soatdan ortiq sababsiz dars qoldirgan talaba o‘qishdan chetlashtirilishi haqida ogohlantirildi. Bugungi kunda guruh murabbiysi va talaba o‘rtasida majburiyatnoma imzolanganligi, bu majburiyatnomada belgilangan shartlar bajarilmasa tegishli intizomiy choralar ko‘rilishi haqida ham gapirib o‘tildi. Chet tillaridan birini o‘rganishga, universitetdagi mavjud markazlarda darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘qib, sertifikatlarga ega bo‘lish, ilmiy izlanishlar olib borish, maqolalar chop etishga e’tibor berish lozimligi haqida tushunchalar berildi. Shu bilan birga, rektor yaqinlashayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yillik bayrami bilan talabalarni tabriklab, Konstitutsiya – asosiy qomusimiz ekanligi haqida ham gapirib o‘tdi.

Ochiq muloqot so‘nggida talabalarning fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

Rektor bilan navbatdagi ochiq muloqot

 

Rektor bilan navbatdagi ochiq muloqot

 

Rektor bilan navbatdagi ochiq muloqot