

Rektor bayram kunlari — talabalar bilan birga
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, prof. Baxtiyor Maxkamov ayni damda muborak Ramazon hayiti hamda Navro‘z umumxalq bayrami kunlari munosabati bilan universitetning barcha Talabalar turar joylarida xavfsizlik, tartib-intizom hamda yaratilgan sharoitlarni joyida o‘rganmoqda.
🌙 Bayram kunlarida ham talabalar yonida bo‘lish, ularning kayfiyati va yashash sharoitlariga e’tibor qaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu tashrif davomida rektor talabalarga samimiy tilaklarini bildirib, ularni muborak Ramazon hayiti bilan tabrikladi.
🗣 Samimiy muloqot jarayonida talabalar bilan suhbat qurilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.
Ushbu tashrif, ayniqsa bayram kunlarida oilasidan uzoqda bo‘lgan talabalar uchun alohida e’tibor va e’tirof ifodasi bo‘ldi. Universitet rahbariyati tomonidan talabalar uchun qulay, xavfsiz va mehrga boy muhit yaratish ishlari izchil davom etmoqda.