Braziliyaning Fundachao universiteti professorining TATUga tashrifi

  • Home
  • Braziliyaning Fundachao universiteti professorining TATUga tashrifi
2016 yil 8 noyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Braziliyaning Fundachao universiteti professori João Paulo Carvalho Lustosa tashrif buyurdi.
Professor Carvalho Lustosa bilan O’quv ishlari bo’yicha birinchi prorektor F.Agzamov va Xalqaro aloqalar bo’lim boshlig’i J.Abdujalilov uchrashdi. Ushrashuv boshida mehmonga Fayzulla Saydakbarovich tomonidan Toshkent axborot texnologiyalar universitetining tarixi va xozirgi kunda universitetda olib borilayotgan islohotlar to’g’risida qisqacha ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida ikki universitet o’rtasida mavjud aloqalarni yanada yaxshilash, hamkorlik doirasida Braziliya Fundachao universiteti va TATU o’rtasida ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
2013 yilda Braziliyaning Fundachao universiteti va TATU o’rtasida imzolangan o’zaro anglashuv Memomarandumi bandlarini ijrosini ta’minlash maqsadida 8 noyabr kuni professor João Paulo Carvalho Lustosa TATU professor o’qituvchilari va talabalari uchun “Ilmiy maqola yozish bo’yicha xorijiy tajriba almashinuvi” mavzusida seminar o’tkazdi.
Shuningdek, 9 noyabr TATU professorlari va TATU xuzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun Germaniyaning Ilmenau Texnika universiteti va TATU o’rtasida “Signallarga ishlov beruvchi ilovalar” yo’nalishida ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish bo’yicha mavjud imkoniyatlar to’g’risida seminar o’tkazdi.