21-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi AyTi universitetlaridan hisoblangan Beijing Information Science&Technology University (BISTU) universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Guo Fu bilan ushrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy yoʻnalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, birgalikda qoʻshma mahalliy hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumga ko‘ra TATU talabalari hamda professor o‘qituvchilari
2024-yilning kuzgi semestridan boshlab, Beijing Information Science&Technology University (BISTU) universitetida malaka oshirish, stajirovka, akademik mobillilik dasturlari hamda yozgi/qishki maktablar (summer school)da ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.