Unda giyohvandlik moddalari inson hayoti, oilalar va bolalar salomatligini barbod qilishi, bu — mamlakat genofondi hamda uning kelajagiga berilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba ekani ta’kidlandi.
“Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ushbu masalani shaxsan o‘z nazoratimga oldim.
Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”, - dedi Saida Mirziyoyeva.