Politexnikumlarga metodik va moddiy-texnik yordam ko‘rsatiladi

  • Home
  • Politexnikumlarga metodik va moddiy-texnik yordam ko‘rsatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 2025-yilning 26-may kuni o‘tkazilgan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Respublika televideniye va radio texnikumi boʻyicha” yigʻilishning 41-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida TATU rektori B.Maxkamov boshchiligida ishchi guruh Respublika televideniye va radio texnikumiga tashrif buyurib, texnikumdagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Tashrif jarayonida universitet rektori tomonidan texnikumga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.