Berdimbetov Timur, Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahrida joylashgan Xitoy Fanlar Akademiyasi Universitetini (University of the Chinese Academy of Sciences) muvaffaqiyatli tamomlab PhD darajasini oldi.

  • Home
  • Berdimbetov Timur, Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahrida joylashgan Xitoy Fanlar Akademiyasi Universitetini (University of the Chinese Academy of Sciences) muvaffaqiyatli tamomlab PhD darajasini oldi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali xodimi Berdimbetov Timur, Xitoy Xalq Respublikasi, Pekin shahrida joylashgan Xitoy Fanlar Akademiyasi Universitetini (University of the Chinese Academy of Sciences) muvaffaqiyatli tamomlab PhD darajasini oldi.

Shuningdek, ilmiy faoliyat davrida Scopus va WoS ilmiy bazasiga kiruvchi nufuzli jurnallarda 4 ta, nufuzli konferensiyalarda 2 ta va mahalliy jurnallarida 1 ta maqola chop qilgan.

O‘qish davrida 2019 yilda "Best researcher" tanlovida soha bo‘yicha eng yaxshilar qatorida e’tirof etilgan. (Ushbu tanlov Xitoy Fanlar Akademiyasi tomonidan PhD talabalar o‘rtasida har o‘quv yilida o‘tkaziladi).

Ma’lumot uchun ushbu universitet bir qator dunyo OTMlar reytingida TOP 1000 ro‘yxatida mavjud bo‘lib, jumladan "The Times Higher Education World Reputation Rankings 2022" 125 o‘rinda, "Best Global Universities" reytingida 159 o‘rinda va "Center for World University Rankings”da 73 o‘rinda joylashgan.