O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash

  • Home
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktyabrdagi PF–158-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda kasbiy ta’limda universitet va texnikumlar integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Bo‘ka tumani 1-son texnikumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xomiyligida tashkil etilgan “TUIT-Lab” o‘quv xonasining rasmiy ochilish marosimi TATU rektori, professor Baxtiyor Maxkamov boschiligida bo‘lib o‘tdi.


💡Ochilish marosimidan avval texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalar, amaliy loyihalar hamda IT yo‘nalishidagi startaplar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

👨‍💻Mazkur laboratoriya orqali o‘quvchilar:
• zamonaviy IT va sun’iy intellekt texnologiyalarini amaliy o‘rganish;
• startap va innovatsion loyihalar ustida ishlash;
• olimpiada va tanlovlarga tayyorgarlik ko‘rish;
• xalqaro platformalardagi raqamli kurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“TUIT-Lab”ning tashkil etilishi yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning innovatsion salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda TATU va texnikumlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.