
🌍Turli mamlakat vakillari, turli madaniyatlar va yagona maqsad — o‘zbek tilini o‘rganish, anglash va qadrlash!
📚21-sentabr kuni chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan Olimpiadaning universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bellashuv chet ellik talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishi va hurmatini namoyon etish, milliy tilimiz, madaniyatimiz va qadriyatlarimizni yanada chuqurroq o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratadi.
📍O‘tkazilish joyi:
O‘zbek va rus tillari kafedrasi
🟪Eng bilimdon ishtirokchilar saralab olinadi va keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
🔵O‘zbek tilini o‘rganish — O‘zbekistonni anglash sari qo‘yilgan muhim qadamdir.