O‘rtachirchiq tumani 5 va 12-umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

  • Home
  • O‘rtachirchiq tumani 5 va 12-umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 4-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani 5 va 12-umumta’lim maktablarining o‘qituvchilari va o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Unda universitetning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring” bo‘limi va “Televizion texnologiyalar” fakulteti bilan birgalikda maktab o‘quvchilariga universitet bo’ylab ekskursiyalar tashkil etish orqali ARM, o'quv va ilmiy labaratoriyalar, ma’ruza zallari va talabalar bilan o’tkaziladigan dars jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi hamda o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar va oliy ta'lim muassasasiga kirishdagi imkoniyatlar to’g’risida aniq ma’lumotlar olishdi.